ENES Edu

Maktab, o‘quv markazi va oliygohlar uchun

Kirish-chiqish hisobi, ish vaqtidan keyingi harakat nazorati va yuz orqali davomat (pilot) — mavjud kameralaringiz orqali. Quyida qaysi imkoniyat hozir ishlashi, qaysi biri pilot bilan boshlanishi aniq yozilgan.

ENES Monitoring nima

ENES Monitoring — mavjud kuzatuv kameralaringizga ulanadigan sun’iy intellekt platformasi. Biz kamera sotmaymiz va NVR’ingizni qayta sozlamaymiz: dastur mavjud yozuv tizimidan tasvir oqimini oladi, uni tahlil qiladi va natijani panelga hamda Telegramga yuboradi.

Platformaning ikki yo‘nalishi bor. ENES Retail — do‘kon va savdo nuqtalari uchun (kirdi-chiqdi hisobi, kassa navbati, xavfsizlik). ENES Edu — shu sahifadagi yo‘nalish: ta’lim muassasalari uchun davomat, dars monitoringi va xavfsizlik.

Video arxiv o‘z NVR’ingizda qoladi. Bulutga hodisa statistikasi va qisqa lavhalar boradi.

ENES Edu nima qiladi

Kirish-chiqish hisobi — hozir ishlaydi

Binoga kirgan-chiqqanlar soni soatlar kesimida, gavjum vaqtlar va kunlik-haftalik hisobotlar panelda hamda Telegramda ko‘rinadi.

Xavfsizlik — hozir ishlaydi

Ish vaqtidan keyin binoda harakat, ta’qiqlangan hududga kirish va kamera to‘silishi haqida darhol Telegram xabari; hodisaga kadr yoki qisqa lavha saqlanadi.

Davomat — yuz orqali (pilot)

O‘quvchi va ustozning kelish-ketish vaqti yozma rozilik bilan qayd etiladi. Hozir yopiq pilot bosqichida — birinchi muassasalar bilan birga sozlab, keyin ommaga ochamiz. Ota-onaga Telegram xabari yuborilishi mumkin.

Dars monitoringi — rejada

Dars jadvali asosida darsning o‘z vaqtida boshlanishi va auditoriyalardan foydalanishni kuzatish ustida ishlayapmiz. Tayyor bo‘lganda pilot mijozlarga birinchi taklif qilamiz — hozircha buni sotmaymiz.

AI direktorga operatsion signal beradi — “bu ustozning darsi sifatsiz” kabi yakuniy xulosa chiqarmaydi. Bahoni inson beradi.

Taxminiy oylik narxni hisoblang

Muassasangiz turini va odamlar sonini tanlang — qolganini kalkulyator o‘zi taxmin qiladi. Raqamlarni keyin aniqlashtirsangiz bo‘ladi.

O‘quvchi/talaba va ustozlar birgalikda.
Asosiy bino hisobga kiritilgan.

Hisobni ko‘rib chiqamiz

Raqamingizni qoldiring — muassasangiz uchun aniq taklif tayyorlab, qaysi kameralar AI tahliliga mos kelishini bepul tekshiramiz.

Telegram: @fibotai Telefon: +998 93 222 50 70

Face ID va bolalar ma’lumotlari

Ta’lim muassasasida yuz orqali tanish modulini shunchaki yoqib qo‘yish mumkin emas. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash uchun ota-ona yoki qonuniy vakilning roziligi zarur, biometrik ma’lumotlarga esa alohida talablar qo‘yiladi — jumladan ular qayerda saqlanishiga ham.

Shu sababli Face ID hozir yopiq pilot bosqichida va uni ommaga ochmaymiz: serverimiz Yevropada joylashgan, ya’ni muassasangiz yuristi bilan birga har bir holatni alohida ko‘rib chiqishimiz kerak. Buni yashirmaymiz — maxfiylik sahifasida ma’lumot qayerda saqlanishi aniq yozilgan.

Amalda bu quyidagini anglatadi:

Oddiy kuzatuv kamerasida natija burchak, yorug‘lik va odam oqimiga bog‘liq. Tizim yong‘in, tutun yoki alangani aniqlamaydi va sertifikatlangan yong‘in signalizatsiyasi o‘rnini bosmaydi.

Do‘kon yoki savdo nuqtasi uchunmi? ENES Retail sahifasiga o‘ting.