Hamkorlik

Kamera ustalari uchun — ENES hamkori bo‘ling

Nima taklif qilamiz

Siz do‘konlarga kamera va NVR o‘rnatasiz — biz o‘sha kameralarni «aqlli» qilamiz: kirdi-chiqdi hisobi, navbat nazorati, xavfsizlik ogohlantirishlari, Telegram hisobotlar. Mijozingizga qo‘shimcha qiymat, sizga qo‘shimcha daromad.

Qanday ishlaydi

1. Hamkor panelida ro‘yxatdan o‘tasiz, biz tasdiqlaymiz. 2. Mijozingiz haqida bizga yozasiz — obyektni biz ochib, ulanish kodini beramiz. 3. Do‘kondagi Windows kompyuterga dasturni o‘rnatasiz va kod bilan ulaysiz. 4. Kamera va chiziqlarni panelda sozlaysiz. Butun jarayon odatda 45–90 daqiqa: NVR tayyor bo‘lsa kamroq, RTSP va tarmoqni ham sozlash kerak bo‘lsa ko‘proq.

Sizga nima kerak bo‘ladi

Do‘konda ishlaydigan Windows 10/11 kompyuter (oddiy ofis kompyuteri yetadi), NVR yoki IP kameralar (Hikvision, Dahua va boshqalar — ONVIF/RTSP), internet. Texnik yo‘riqnomalar tayyor, muammoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri biz bilan bog‘lanasiz.

Boshlash

Hamkor panelida ro‘yxatdan o‘tish

Savollar bo‘lsa: aloqa sahifasi. Xodim davomati (yuz orqali) yoqiladigan obyektlar uchun rozilik shablonini chop etib olib boring.