Maxfiylik

Ma’lumotlaringiz qanday ishlatiladi

Pilot arizalari

Rasmiy saytdagi shakl orqali ism, telefon, tashkilot, hudud, kamera soni va ixtiyoriy izoh olinadi. Bu ma’lumotlar faqat ariza bo‘yicha bog‘lanish, texnik audit va xizmat taklifini tayyorlash uchun ishlatiladi.

Saqlash va kirish

Arizalar ENES Cloud admin bazasida saqlanadi va faqat vakolatli operator admin kaliti orqali ko‘radi. Yopilgan arizalarni operator boshqaradi. Ariza ma’lumotlari eng ko‘pi bilan 12 oy saqlanadi; so‘rov bo‘yicha istalgan payt o‘chiriladi.

Video ma’lumotlar

Uzluksiz video NVR’da qoladi. Qurilma do‘konda lokal tahlil qiladi; cloudga hodisa metadata’si va siyosat ruxsat bergan snapshot yoki qisqa klip yuborilishi mumkin.

Mijoz demografiyasi (jins va yosh)

Biznes tarifida do‘konga kirgan mijozning taxminiy yoshi va jinsi baholanadi. Baho do‘kondagi kompyuterda, kirish chizig‘i kesilgan paytda bir marta chiqariladi. Cloudga faqat ikki qiymat — «ayol/erkak» va taxminiy yosh — kirish hodisasiga qo‘shilib boradi. Yuz rasmi saqlanmaydi va yuborilmaydi, yuz namunasi (embedding) olinmaydi, mijoz tanilmaydi va uning ikkinchi tashrifi birinchisi bilan bog‘lanmaydi. Hisobotda faqat guruh statistikasi ko‘rinadi (<18, 18-30, 31-45, 46-60, 60+); yosh — taxminiy baho, aniq yosh emas. Xodimlar bu statistikaga kirmaydi. Ma’lumot boshqa hodisalar bilan bir xil muddat saqlanadi. Do‘kon eshigiga osish uchun tayyor eslatma: kuzatuv eslatmasi.

Davomat biometrikasi

Davomat faqat yozma rozilikli yopiq pilotda ishlaydi. Davomat kamerasidan olingan yuz kadri cloudga yuboriladi va u yerda xodim namunasi bilan solishtiriladi. Yuz embedding’lari cloudda shifrlangan holda saqlanadi (kalit bazadan alohida); yuz kadrlari ko‘pi bilan 48 soat saqlanib avtomatik o‘chiriladi. Xodim ro‘yxatdan chiqarilganda uning namunalari o‘chiriladi; xodim so‘rovi bo‘yicha ham istalgan payt o‘chiriladi.

Ma’lumot qayerda saqlanadi

ENES Cloud serverlari Yevropada joylashgan (Germaniya kompaniyasining Fransiyadagi ma’lumot markazi). Hodisa statistikasi, snapshot va qisqa kliplar, shuningdek davomat biometrikasi o‘sha yerda saqlanadi. Uzluksiz video arxiv bunga kirmaydi — u sizning NVR va kompyuteringizda qoladi va hech qayerga chiqmaydi. Ta’lim muassasasi yoki biometrik ma’lumot bilan ishlashdan oldin buni yuristingiz bilan ko‘rib chiqing; kerak bo‘lsa Face ID modulini umuman yoqmaslik mumkin.

Uchinchi tomon xizmatlari

Panel ichidagi «AI yordamchi» so‘rov berganingizda hodisa kadrini tahlil uchun Google Gemini xizmatiga yuboradi — ya’ni o‘sha kadr Google serverlarida qayta ishlanadi. Bu faqat siz savol berganingizda va faqat o‘sha hodisa uchun sodir bo‘ladi. Yuz kadrlari va xodim davomati rasmlari bu xizmatga hech qachon yuborilmaydi, so‘rovda esa yosh, jins yoki shaxsni taxmin qilish taqiqlangan. Telegram xabarlari Telegram orqali yetkaziladi. Boshqa uchinchi tomon tahlil yoki reklama xizmatlaridan foydalanilmaydi.

Rozilik

Ariza yuborish bilan faqat ko‘rsatilgan aloqa maqsadida bog‘lanishga rozilik berasiz. Ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash yoki savol berish uchun aloqa sahifasiga o‘ting.